Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari

G’aybilloyeva Sharofatbegim

Buxoro xalqaro universiteti talabasi

Keywords: kitobxonlik, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, kitobxonlik ko‘nikmasi, o‘qish madaniyati, mutolaa, bolalar adabiyoti, pedagogik-psixologik shart-sharoitlar, kitob, kitobxonlik savodxonligi, kitobxonlik kompetentligi, intellektual rivojlanish, estetik dunyoqarash, o‘quv jarayoni.


Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari keng yoritilgan. Kitob o‘qishning shaxsning intellektual, psixologik va fiziologik rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri, xususan, nutq, tasavvur, tafakkur, xotira va hissiy sezgirlikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Jamiyatda kitob o‘qish madaniyati pasayishiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy, madaniy va texnologik omillar ko‘rsatib o‘tiladi. Kitob, o‘qish, kitobxonlik savodxonligi, kitobxonlik kompetentligi kabi tayanch tushunchalarning mazmuni pedagogik nuqtai nazardan sharhlanib, bolalarda kitobxonlikni shakllantirish jarayonining maqsadli, izchil va tizimli tashkil etilishi zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, bolalar adabiyotining estetik, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati yoritilib, o‘quvchilarning kitobga qiziqishini oshirishda pedagogik-psixologik sharoitlar muhimligi ta’kidlangan.